[ AI bilan ishlaydigan ferma nazorati ]
Har bosh mol, har qop yem, har so'm xarajat — istalgan soatda ko'z oldingizda. Ferma kengaygani sayin nazorat susaymaydi.
[ 01 — Imkoniyatlar ]
[ 02 — Yangi ]
So'nggi versiyada ishga tushgan imkoniyatlar
Telegramda ovozli xabar yuboring — AI uni matnga o'giradi, hisobot maydonlarini to'ldiradi va tasdiqlashga beradi. Yozib o'tirish shart emas.
AI hisobotni shakllantirgach chek, nakladnoy yoki pasport suratini so'raydi. Hujjatsiz saqlansa operatsiya shubhali deb belgilanadi va rahbarga xabar boradi.
Eski jadvalingiz havolasini bering — AI ustunlarni o'zi tanib, ma'lumotni AgroPilot kategoriyalariga moslashtirib ko'chiradi.
Mahsulotingizni e'lon qiling yoki boshqa fermalardan xarid qiling. Qidiruv, viloyat va yetkazib berish filtri, izoh va reyting.
Promokodingiz bilan to'lov qilinsa sizga keshbek yoziladi. Yig'ilgan summa keyingi to'lovda avtomatik ayriladi.
Yuborilgan va qabul qilingan miqdor farq qilsa mahsulot yo'qolmaydi — kelgan miqdor kirim qilinadi, farqni rahbar hal qiladi.
[ 03 — Qanday ishlaydi ]
Telegram yoki web orqali 30 soniyada akkount yarating.
Ularga alohida login bering — hisobotni ular kiritadi.
Bot tugmalari, matn yoki ovozli xabar orqali kuniga bir necha daqiqa.
Web app'da real vaqt ma'lumot, AI tahlil va shubhali harakat ogohlantirishi.
[ 04 — Tariflar ]
Oddiy tarifdagi hamma narsa, plyus:
[ 14 kun bepul ][ Karta talab qilinmaydi ][ Istalgan vaqt bekor qilish ]
[ 05 — Savol-javob ]
Hisobot faqat Telegram bot orqali kiritiladi — bu ataylab shunday. Web app ko’rish, tasdiqlash va nazorat uchun. Shunda ish boshqaruvchi ma’lumotni o’zgartira olmaydi.
Yo’q. 14 kunlik sinov butunlay bepul, karta ma’lumoti so’ralmaydi.
Bot orqali. Tarif tanlangach bot karta raqamini yuboradi, siz to’lab chek suratini yuborasiz. Admin tasdiqlagach tarif darhol faollashadi.
Ha. Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi, har tahrir tarixi saqlanadi va oxirgi nusxadan tiklash mumkin.
Google Gemini. Hisobot matni, ovozli xabar va tahlil shu model orqali ishlanadi.
Premium tarifda botga ovozli xabar yuborasiz. AI uni matnga o'giradi, qaysi hisobot ekanini aniqlaydi va maydonlarni to'ldiradi. Siz faqat ko'rib chiqib tasdiqlaysiz — noto'g'ri joyini tuzatish mumkin.
AI hisobotni shakllantirgach chek, nakladnoy yoki pasport suratini so'raydi. O'tkazib yuborsangiz hisobot baribir saqlanadi, lekin shubhali operatsiya deb belgilanadi va rahbarga darhol xabar boradi.
Ha. Google Sheets havolasini berasiz, AI ustunlarni o'zi tanib ma'lumotni AgroPilot kategoriyalariga moslashtiradi. Ko'chirishdan oldin nima import qilinishini ko'rib chiqasiz.
Fermalar uchun bozor. Mahsulotingizni e'lon qilasiz yoki boshqa fermalardan xarid qilasiz — qidiruv, viloyat va yetkazib berish filtri, izoh va reyting bor. Barcha tariflarda ochiq.
Sizga berilgan promokod bilan kimdir to'lov qilsa, siz keshbek olasiz. Yig'ilgan summa keyingi to'lovingizda tarif narxidan avtomatik ayriladi — alohida so'rash shart emas.
Oddiy tarifda 1 ta, Premium tarifda cheksiz. Har biri alohida login va parolga ega.
Premium tarifda. Bir filial yuboradi, ikkinchisi qabul qiladi. Miqdor farq qilsa tizim rahbarga ogohlantirish yuboradi va farqni rahbar hal qiladi.
Ha. Bekor qilingandan keyin 30 kun davomida ma’lumotlaringiz saqlanadi va istalgan vaqtda qaytishingiz mumkin.
14 kun bepul. Karta kerak emas. Besh daqiqada ishga tushadi.